Furqat Rahimov investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23 may kuni bu haqdagi qarorni imzoladi, deya xabar berdi ITSV matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga.
Furqat Rahimov bunga qadar 2017 yil avgustidan Samarqand shahri hokimi, 2017 aprelidan esa Samarqand viloyatining Bulung‘ur tuman hokimi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. 2006−2017 yillarda Vazirlar Mahkamasida bosh mutaxassis, so‘ngra bo‘lim boshlig‘i bo‘lgan.