Hukumat qarori bilan I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filialiga 2019−2020 o‘quv yili uchun qabul kvotasi tasdiqlandi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.
Unga ko‘ra, filialga 2019−2020 o‘quv yilida 260 nafar talaba qabul qilinadi.
Ularning 30 nafari filialning Qashqadaryo viloyatidagi hududiy tayyorlov bo‘limi bitiruvchilari hisobidan shakllantiriladi.