O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 25 maydagi qarori bilan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Samarqand filiali tashkil etildi, deya xabar qildi Adliya vazirligi Telegram-kanalida.
Filialning asosiy vazifasi Germaniya va boshqa rivojlangan davlatlar bilan hamkorlikda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlash hisoblanadi:
- «Raqamli iqtisodiyot»;
- «Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti»;
- «Oziq-ovqat va resurslar iqtisodiyoti»;
- «Agrobiznes va marketing»;
- «Buxgalteriya hisobi va audit».
Filialga qabul 2019/2020 o‘quv yilidan boshlanadi.