Markaziy bank tomonidan 2019 yilning 4 iyunidan e’tiboran xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymati belgilandi. Bu haqda bankning telegramdagi kanali orqali xabar berildi.

Ushbu yangi qiymatga binoan AQSH dollari kursida sezilarli darajada o‘zgarish kuzatildi hamda 27,66 so‘m qo‘shilishi evaziga ilk bora dollar bor 8500 so‘mlik marradan oshgan holda, 8513,57 so‘m etib belgilandi.

Yevro kursida ham ozgina (+1,18) ko‘tarilishi kuzatilgan holda 9507,10 ga yetan bo‘lsa, aksincha, Rossiya rublida tushish kuzatildi (-1,11) va umumiy miqdor 130,41 so‘m bo‘ldi.