Qozonning «Rubin» klubi o‘z tarkibiga 32 yoshli o‘zbekistonlik himoyachi — Vitaliy Denisovni qo‘shib oldi. Bu haqda Championat.asia sayti xabar berdi.
Bitim bir mavsumga, ya’ni 2019/20 yilgi mavsum uchun mo‘ljallangan. Vitaliy yangi klubi safida 29-raqam ostida to‘p tepadi.
Eslatib o‘tamiz, futbolchi mavsumning ikkinchi qismini ijara asosida «Krilya Sovetov"da o‘tkazgan edi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi joriy mavsum barcha turnirlarda 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 marta golli to‘p uzatgan.