2019 yil 20 iyun kuni Toshkent shahar IIBBga aldov yo‘li bilan katta miqdordagi pulni o‘zlashtirish bilan bog‘liq hujjat kelib tushgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

2017 yil 1 mart kunidan 2018 yil 1 mart kunigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi 43 yoshli Sh.H. «Lebstroy» MCHJ xorijiy kompaniyasi nomidan ish ko‘rayotgan 38 yoshli A.L.ga jami 3 million 116 ming 893 AQSH dollari miqdoridagi, elektrlashtirish sohasida ishlatiladigan metall konstruksiyalar yetkazib berish bo‘yicha tenderda yutib chiqish va unitar korxona tomonidan kelib chiqadigan har qanday muammolarni hal qilib berish evaziga, undan jami 296 ming 163,77 AQSH dollarini olib, bergan va’dasini bajarmay kelganligi aniqlandi.

Ayni vaqtda Sh.H. ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.