Prezidentning 2019 yil 29 iyun kungi qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi va «Gazprom EP Interneshnl B.V.» (Niderlandiya) o‘rtasida Ustyurt mintaqasidagi Jel koni bo‘yicha imzolangan mahsulot taqsimotiga oid Bitim va 1-son Qo‘shimcha bitim tasdiqlanadi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.
Bitimda qonunchilikda belgilangan me’yorlardan tashqari quyidagi kabi shartlar nazarda tutilgan:
kompensatsiya mahsulotining cheklangan darajasi 75%;
foyda solig‘ining stavkasi 12%;
investorning qoplanishi shart bo‘lgan harajatlarining qoplanmagan qismi uchun yillik moliyalashtirish stavkasi 8%;
investor tomonidan o‘z huquq va majburiyatlarini uning «Gazprom zarubejneftgaz» AJ sho‘’ba kompaniyasiga topshirish imkoniyati;
Bitimni amalga oshirish bo‘yicha vakolatli organ funksiyasini O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligiga o‘tkazish v.h.
Qaror bilan quyidagilar belgilandi:
Bitimda ko‘zda tutilgan soliq va bojxona to‘lovlarini to‘lash tartibi Bitimning butun amal qilish davrida o‘z kuchini saqlab qoladi;
investorga taqdim etilgan imtiyoz va preferensiyalar operatorga ham tatbiq etiladi;
«O‘zbekneftgaz» AJ va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar bitimning amal qilish davrida investorga foydalanishga beriladigan mol-mulklar uchun mol-mulk solig‘i to‘lashdan ozod etiladi;
Bitim imzolangan keyin O‘zbekiston qonunchiligiga bitim shartlarini yomonlashtiradigan o‘zgartirishlar kiritilganda bitim shartlari o‘z kuchida qoladi.