«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» kompaniyasi havo harorati juda yuqori bo‘lgani sababli ayrim temir yo‘l uchastkalarida poyezdlar tezligiga cheklovlar joriy etdi, deya xabar berdi «O‘zbekiston temil yo‘llari» kompaniyasi matbuot xizmati.
Quyidagi yo‘nalishlarda tezlik cheklandi:
- Toshkent — Andijon;
- Toshkent — Urganch — Xiva;
- Toshkent — Qo‘nirot;
- Toshkent — Termiz;
- Toshkent — Buxoro.
Ushbu yo‘nalishlarda yo‘lovchilarga bepul mineral suvlar tarqatish yo‘lga qo‘yilgan, deyiladi xabarda.
Avvalroq O‘zgidromet yaqin bir yarim haftada jazirama issiq harorat qayd etilishi haqida xabar qilgan edi. Havo harorati +42 daraja, janub va cho‘l hududlarida esa +44 darajagacha issiq bo‘lishi kutilmoqda.