Umrbek Abdullayevich Ismoilov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining ijro etuvchi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi, deya xabar berdi Adliya vazirligi matbuot xizmati. Vazirlar Mahkamasi 16 iyul kuni bu haqdagi qarorni qabul qildi.

Umrbek Ismoilov (1983 y. t.) Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Tayinlovga qadar jamg‘armada bo‘lim boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.