Juma kuni kechqurun Urganchdagi «Ashxobod» mahallasidagi uylari buzilagn odamlar Xonqa tumaniga olib boradigan yo‘lni to‘sib qo‘ydi. Ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan ushbu ma’lumotni Xorazm viloyati matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga tasdiqladi. Viloyat ma’muriyatining qayd etishicha, norozilik aksiyasida 200 ga yaqin kishi qatnashgan.
Odamlarning noroziligiga buzilgan uylari uchun tovon pulining to‘lanmagani sabab bo‘lgan. Mahalla aholisiga kichik sanoat zonasi qurilishi uchun buzilgan uyllari uchun Urganch tumanidagi Chandirqiyot posyolkasidan yer uchastkalari ajratilgan. Ulardan ko‘pchiligi bir necha haftadan buyon uylaridan qolgan materiallardan qurilgan vaqtinchalik boshpanalarda yashamoqda.
Shahar hokimiyati aholi bilan imzolagan kelishuvga ko‘ra, ular mol-mulklari bahosining yarmini, buzish tugaganidan keyin esa qolgan yarmini olishi kerak edi. Biroq shartnoma shartlari bajarilmagan.
Viloyat hokimiyatining xabar qilishicha, kechasi yig‘ilganlar oldiga viloyat hokimi Farhod Ermonov borib, odamlarni tinchlantirishga harakat qilgan va ertalab barcha masalalarni hal qilish uchun qaytishga va’da bergan. Shundan so‘ng to‘silgan yo‘lda harakat qayta tiklangan.
Shanba kuni
Bir qancha oilalarning iltimoslariga ko‘ra, taqdim etilayotgan yer maydoni hajmi oshiriladi. Bundan tashqari, odamlarga bepul qum, balki shag‘al ajratish, shuningdek, sotib olinayotgan qurilish materiallari uchun 10 foizlik chegirmaga erishish va’da qilindi, deya xabar berdi hokimlik.