Xorijga chiqish pasportini olish uchun murojaat qilayotgan aholi soni ko‘pligi va ularning navbatda turib qolishlarini inobatga olgan holda Ichki ishlar vazirligi rahbariyati tomonidan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazidan qo‘shimcha yana 3 dona texnik qo‘rilma olinib, Yuqorichirchiq, Zangiota va Chinoz tumani IIB MvaFRBga o‘rnatildi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB MvaFRB matbuot xizmati ma’lum qildi.
Bundan avvalroq Toshkent viloyati aholisiga xorijga chiqish pasportlarini rasmiylashtirish uchun 5 dona texnik qurilma ajratilgani xabar qilingan edi.
Bugungi kunda ushbu qurilmalar quyidagi tarzda taqsimlandi:
Toshkent viloyati IIBB MvaFRBga
- Qibray tumani
- O‘rtachirchiq tumani
- Nurafshon shahri
Chirchiq shahar IIB MvaFRBga
- Chirchiq shahri
- Bo‘stonliq tumani
Yangiyo‘l shahar IIB MvaFRBga
- Yangiyo‘l shahri
- Yangiyo‘l tumani
Oxangaron tuman IIB MvaFRBga
- Ohangaron tumani
- Ohangaron shahri
- Olmaliq shahri
- Angren shahri
- Piskent tumani
Bo‘ka tuman IIB MvaFRBga
- Bo‘ka tumani
- Bekobod tumani
- Bekobod shahri
- Oqqurg‘on tumani
Zangiota tumani IIB MvaFRBga
- Zangiota tumani
- Toshkent tumani
Yuqorichirchiq tumani IIB MvaFRBga
- Yuqorichirchiq tumani
- Parkent tumani
Chinoz tumani IIB MvaFRBga
- Chinoz tumani
- Quyichirchiq tumani
Yil oxirigacha barcha shahar-tuman IIB MvaFRBlari texnik qurilmalar bilan to‘liq jihozlanishi rejaga kiritilgan. Xodimlar tomonidan xorijiy davlatlarga ketuvchi fuqarolarga ya’ni, ikkinchi jaxon urushi qatnashchilari, ularga tenglashtirilgan fuqarolar, xomilador ayollar, yosh bolalar, nogironlar, kasallarni navbatsiz qabul qilish tizimi joriy etilgan.
Bundan tashqari, fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida xodimlar navbat bilan tushlik vaqtida fuqarolarni qabul qilish va haftaning shanba va yakshanba kunlari xodimlarning 50 foiziga dam bergan holda fuqarolarni qabul qilish va tayyor pasportlarni egalariga topshirish ishlari ham tashkil etilgan.