Podpolkovnik Farruh Farhodovich Ibragimov Qashqadaryo viloyati Kasbi tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi, deya xabar qildi O‘zbekiston IIV matbuot xizmati.
Tuman IIBning avvalgi boshlig‘i podpolkovnik Chori Ko‘charov IIB xodimlari fermerlarni kishanlab, avtobusga qamab qo‘ygani tasvirlangan videoyozuvlar paydo bo‘lganidan so‘ng viloyat IIB tomonidan boshlangan xizmat tekshiruvi yakunlari bo‘yicha lavozimidan chetlashtirilgan edi.
IIV Samarqand viloyatining ikki tumanida ham yangi IIB boshliqlari ish boshlaganini ma’lum qildi — podpolkovnik Amin Abubakirovich Toshev Samarqand tumani, mayor Salimjon Xayitboyevich Shavmanov Jomboy tumanida.
Amin Toshev.
Salimjon Shavmanov.
Ushbu IIBlarning avvalgi rahbarlari prezident Shavkat Mirziyoyevning Samarqand viloyatiga yaqinda amalga oshirgan tashrifidan so‘ng tumanlar hokimlari bilan birgalikda vazifasidan chetlashtirilgan edi.