Afg‘onistonning Hayraton stansiyasidan birinchi konteyner poyezdi Xitoyga yo‘l oldi, deya xabar qildi «O‘zbekiston temir yo‘llari» matbuot xizmati.

Yarim qayta ishlangan talk mineral toshi ortilgan 41 ta konteynerdan iborat tarkib O‘zbekiston va Qozog‘iston orqali harakatlanadi.

Eslatib o‘tamiz, iyul oyida O‘zbekiston va Afg‘oniston savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyasi yig‘ilishida o‘zaro savdo va yuk tashuvlarni jadallashtirishga kelishib olingan edi. O‘zbekiston Transport vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2019 yilda «O‘zbekiston temir yo‘llari» kompaniyasi Qozog‘istondan Afg‘onistonga bug‘doy va un tashuvlariga 20 foizlik chegirma joriy etdi, shuningdek, qo‘shni mamlakatdan tashilayotgan tijoriy yuklar uchun qo‘shimcha yig‘imlani bekor qildi.