Davlat xizmatlarining yagona reyestri 2019 yilning 13 sentyabrida Adliya vazirligida 3181-raqam ostida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

Mazkur Reyestrda davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan 716 ta davlat xizmati haqidagi ma’lumotlar o‘rin olgan (shu kungacha ushbu Reyestrda 693 ta davlat xizmatlari mavjud edi).

Eslatib o‘tamiz, 2017 filning 12 dekabrida qabul qilingan prezident farmoniga muvofiq, 2018 yil 1 iyundan boshlab Davlat xizmatlarining yagona reyestriga kiritilmagan davlat xizmatlarini ko‘rsatishga yo‘l qo‘yilmaydi.