O‘zbekiston bosh prokurorining buyrug‘iga asosan adliya katta maslahatchisi Qosimov Ulug‘bek Berdiqobilovich Farg‘ona viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Bosh prokururaturasi matbuot xizmati xabar qildi.
Ulug‘bek Qosimov. Foto: prokuratura.uz.
Ulug‘bek Qosimov 2018 yil noyabridan Surxondaryo viloyati prokurori, unga qadar — Denov tuman hokimi edi.
Sadriddin Turdiyev. Foto: prokuratura.uz.
Surxondaryo viloyati prokuraturasiga avval Farg‘ona viloyati prokurori lavozimida ishlagan Sadriddin Abdullayevich Turdiyev rahbar bo‘ldi.