Oliy va o‘rta maxsus vazirligi Shinxan universiteti (Koreya Respublikasi) bilan Toshkent shahrida universitetning filialini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Kelishuvga ko‘ra, 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab Toshkent shahrida Shinxan universiteti filiali ish boshlaydi. Birinchi bosqichda universitetda quyidagi ta’lim yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi:
Hamshiralik ishi;
Xalqaro turizm menejmenti;
Yangi to‘qimachilik materiallari texnologiyasi.
Toshkent shahridagi Shinxan universitetida dastlab o‘zbekistonlik yoshlar tahsil oladi. Keyinchalik universitetga qo‘shni davlatlar, xususan Markaziy Osiyolik yoshlarni ham qabul qilish choralari ko‘riladi.