Kecha boks bo‘yicha Yekaterinburg shahrida o‘tkazilayotgan jahon chempionatida to‘qqizinchi kun bellashuvlari yakunlandi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.
Kun hisobidagi so‘ngi bahsda eng og‘ir vazn toifasida Bahodir Jalolov ukrainalik raqibiga qarshi jangda g‘olib chiqdi va chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa o‘zbekistonlik 5 nafar bokschi bugun bo‘lib o‘tadigan chorak final bosqichida jang olib boradigan bo‘ldi.
Chorak final bahslarida ringga chiqadigan sportchilar bilan tanishing:
-52 kg: Shahobiddin Zoirov
-57 kg: Miraziz Mirzahalilov
-69 kg: Bobousmon Baturov
-81 kg: Dilshodbek Ro‘zmetov
+91 kg: Bahodir Jalolov.