Rossiyaning Yekaterinburg shahrida boks bo‘yicha jahon chempionati davom etmoqda. Bugun musobaqaning chorak final bahslariga start berildi.

O‘zbekiston terma jamoasining -52 kg vaznli bokschisi, 2016 yilgi Rio olimpiadasi chempioni Shahobiddin Zoirov bolgariyalik Daniel Asenovga qarshi jangda qatnashdi varaqibidan ustun ekanini namoyish etdi. Hakamlar bir ovozdan Shahobinning 5:0 hisobidagi g‘alabasini qayd etdi.