23 sentyabr kechasi o‘tkazilgan tungi reyd vaqtida 13 bosh jayronni otib o‘ldirgan brakonerlar qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston Davlat ekologiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qildi.
Tungi reyd Qoraqalpog‘iston Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat inspeksiyasining «Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq hududida suv ob’ektlarini muhofaza qilishga ixtisoslashgan tezkor nazorat guruhi» xodimlari tomonidan o‘tkazildi.
Kechasi soat 3:00 da Mo‘ynoq tumani «Qozoqdaryo» OFY hududidan oqib o‘tuvchi «Aqshadaryo» kollektori atrofida o‘tkazilgan tungi reyd natijasida UAZ-469 rusmli davlat raqami 95 V 654 DA avtomobili to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganda ichida ikki dona ov miltig‘i va o‘n uch bosh jayron borligi aniqlandi.
Brakonerlar T. B.TOZ-63 va P. A. IJ-18 rusumli ov miltig‘i yordamida O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan 13 bosh jayronlarni 2019 yil 22 sentyabrda kunduzgi soat
Ayni damda noqonuniy ov bo‘yicha barcha hujjatlar to‘planib, Orol tabiatni muhofaza qilish prokuraturasiga yuborilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, sentyabr oyi boshida «Qazaqdarya» ovul fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan «Akpetkey» ko‘llar tizimida o‘tkazilgan reyd vaqtida brakonerlar ekoinspektorlar mashinasiga o‘q uzgan edi. Olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida noqonuniy ov bilan shug‘ullanib kelgan fuqarolarning shaxsi aniqlanib, ularning barchasi ushlangan.
Shuningdek, 3 avgustda Qoraqalpog‘istoning Taxtako‘pir tumanida 3 bosh, 24 avgustdan 25 avgustga o‘tar kechasi Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanidagi ixtisoslashtirilgan davlat o‘rmon xo‘jaligi hududida 2 bosh urg‘ochi jayronni ovlagan brakonerlar ushlandi.