O‘zbekiston Xokkey federatsiyasi (O‘XF) Xalqaro xokkey federatsiyasi (IIHF) a’zosi bo‘ldi. 26 sentyabr kuni Rimda bo‘lib o‘tgan IIHF kongressida bu haqdagi qaror qabul qilindi, deya xabar berdi O‘XF matbuot xizmati «Gazeta.uz»ga.
O‘zbekiston bilan bir qatorda Jazoir, Kolumbiya, Eron va Livan ham IIHF a’zoligiga qabul qilindi. Tashkilotga dunyoning 81 mamlakati a’zo bo‘lgan.
«IIHF rahbariyati tomonidan amalga oshirilayotgan rivojlanish va ta’lim dasturlari, shuningdek turli tadbirlar va musobaqalarda ishtirok etish, assotsiatsiyaning boshqa a’zolari bilan aloqalar va hamkorlik, so‘zsiz, bizning xokkeyni butun mamlakat bo‘ylab yoyish rejalarimizga turtki beradi», — dedi O‘XF prezidenti Baxtiyor Fozilov.
IIHF saytidagi O‘XF profilida mamlakatda 368 nafar xokkeychi (113 nafar erkak, 4 ayol, 252 nafar o‘smir) mavjudligi keltirilgan. O‘zbekiston Xokkey federatsiyasi 2018 yilning martida tashkil etildi. Yil boshida mamlakatda xokkey bo‘yicha birinchi chempionat o‘tkazildi.