Toshkent metropolitenining o‘nta stansiyasida yo‘l haqini Humo kartasi bilan aloqasiz to‘lash imkoniyati paydo bo‘ldi. Bu haqda to‘lov tizimining Telegram-kanalida xabar qilindi.
To‘lovni amalga oshirish uchun Humo validatoriga karta bilan tegish kifoya. Karta orqali to‘lovlarni quyidagi bekatlarda amalga oshirish mumkin:
- Buyuk Ipak Yo‘li (kirish shu nomdagi avtobus bekatidan)
- Amir Temur Hiyoboni (barcha kirish joylari)
- Mustaqillik Maydoni (barcha kirish joylari)
- Paxtakor (kirish Davlat konservatoriyasi tarafdan)
- Bunyodkor (kirish Xalqlar do‘stligi saroyi tarafdan)
- Mirzo Ulug‘bek (kirish G‘. G‘ulom bog‘i tarafdan)
- Chilonzor (kirish 9 qavatli binolar tarafdan)
- Beruniy (kirish Toshkent Milliy Universiteti va O‘zko‘rgazmasavdo tarafdan)
- Minor (kirish Moliya instituti yonidan)
- Abdulla Qodiriy (kirish Oloy bozori markaziy paviloni yonidan)
Shuningdek, yaqin kunlarda HUMO validatorini boshqa metro bekatlariga ulash rejalashtirilgan, deyiladi xabarda.