Bundan bir necha daqiqa avval Toshkentda sambo bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati boshlandi. Bu haqda Olamsport xabar berdi.

«O‘zbekiston» sport majmui mezbonlik qilayotgan nufuzli musobaqada dunyoning 50 dan ziyod davlatidan sambochilar gilamga chiqmoqda.

Bugun jami 12 ta vazn toifasida bellashuvlar tashkil etiladi. Kunning ikkinchi yarmida ushbu vaznlarda jahon chempionatining g‘olib va sovrindorlari nomi ma’lum bo‘ladi.

Bugungi bahslar:

Qizlar (yoshlar): 40 kg, 52 kg, 65 kg.

O‘g‘il bolalar (yoshlar): 48 kg, 60 kg, 75 kg.

Qizlar (o‘smirlar): 44 kg, 56 kg, 68 kg.

O‘g‘il bolalar (o‘smirlar): 48 kg, 62 kg, 82 kg.