18 oktyabr kuni 8.00 da Shayxontohur tumanida Abay va A. Qodiriy ko‘chalari chorrahasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Avariyada yo‘l-patrul xizmati xodimi jarohatlandi, deya xabar qildi Toshkent IIBB matbuot xizmati.
Lacetti rusumli avtomobilning 25 yoshli haydovchisi Anvar. R. mazkur chorrahada harakatni tartibga solayotgan YHXBB YPX inspektori leytenant Murod D.ni urib yubordi.
Xodim tan jarohatlari olib, shifoxonaga yotqizildi. Unga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda, deya qayd etdi IIBB.