25 oktyabr kunidan Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev qaroriga asosan, poytaxtda isitish mavsumi boshlanadi. Bu haqda shahar ma’muriyati matbuot xizmati xabar qildi.

Qarorga muvofiq, isitish mavsumiga o‘tish 2 bosqichda amalga oshiriladi:

  • birinchi bosqichda — ijtimoiy soha ob’ektlarida (maktabgacha ta’lim, xalq ta’limi va sog‘liqni saqlash muassasalarida);
  • ikkinchi bosqichda — ko‘p qavatli uy-joylar va ma’muriy binolarda.

Qarorga ko‘ra, isitish mavsumiga o‘tish 30 oktyabr kuniga qadar yakunlanishi lozim.

O‘tgan yilgi isitish mavsumi 16 oktyabrdan 23 martagacha davom etgan edi.

Poytaxt hokimligi fuqarolardan turar-joylarida issiqlik ta’minoti yoqilishi jarayonida muammolar yuzaga kelsa, Toshkent hokimligi qoshidagi Kommunal xizmatlar boshqaruv markazining 1055 qisqa va (71) 210−01−87 raqamlariga murojaat qilishlarini so‘radi.