Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Xitoyning Uxan shahrida o‘tkazilgan Butunjahon armiya o‘yinlari hamda Abu-Dabida o‘tgan «Katta Dubulg‘a» turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etgan holda, jami 8 ta medalni qo‘lga kiritdi. Kecha ushbu sportchilar O‘zbekistonga qaytib keldi, deyiladi Olamsport.com xabarida.
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida terma jamoa delegatsiyasini tantanali kutib olish marosimi tashkil etildi.
Eslatib o‘tamiz, Abu-Dabi turnirida terma jamoamiz a’zolaridan Diyorbek O‘razboyev (-60 kg) va Hikmatulloh To‘rayev (-73 kg) bronza medali hamda Tokio olimpiadasi yo‘lidagi qimmatli 500 reyting ochkosini qo‘lga kiritgandi.
Butunjahon armiya o‘yinlarida xarbiy dzyudochilar 2 ta oltin, 2 ta kumush, 2 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida kuchli uchlikdan joy olishgan edi.
Armiya o‘yinlaridagi medallar:
Oltin medal
-66 kg: Artyom Shturbabin
-73 kg: Hikmatulloh To‘rayev
Kumush medal
-66 kg: Muhriddin Tilovov
+100 kg: Bekmurod Oltiboyev
Bronza medal
-52 kg: Diyora Keldiyorova
-70 kg: Gulnoza Matniyazova
Abu-Dabidagi medallar:
-60 kg: Diyorbek O‘razboyev
-73 kg: Hikmatulloh To‘rayev.