2 noyabr kuni taxminan 11:50 da Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida 4R-87 «Yettitom-Qarshi» yo‘li va Qashi halqa avtomobil yo‘li chorrahasida Lacetti avtomobili va «Gaz-322132» mikroavtobusi to‘qnashuvi sobir bo‘ldi.
O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamentining xabar qilishicha, YTH natijasida mikroavtobus haydovchisi S. X. va to‘qqiz yo‘lovchi, shuningdek, Lacetti haydovchisi va ikki yo‘lovchisi turli darajada tan jarohatlari olib, shifoxonaga olib borildi. «GAZel» haydovchisi shifokorlarning sa’y-harakatlariga qaramasdan hayotdan ko‘z yumdi, mikroavtobusning olti yo‘lovchisi ahvoli og‘ir, ular jonlantirish bo‘limida qolmoqda.
Chiroqchi tuman IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi Jinoyat kodeksining 166-modda 2-qismi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atdi. Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.