Xitoy Xalq Respublikasining «HengBang Textile» kompaniyasi Namanganda ip-kalava ishlab chiqarish bo‘yicha yirik noyob ishlab chiqarish korxonasi quradi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Loyiha qiymati 30 million AQSH dollari bo‘lgan ushbu korxonada respublikadagi tekstil korxonalarining tikuvchilik qiyqimlaridan ip-kalava ishlab chiqariladi.

16 noyabr Namangan viloyati hokimligida «HengBang Textile Central Asia» kompaniyasi bilan ushbu loyihani amalga oshirish yuzasidan investitsion kelishuv imzolandi.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri Xitoy investitsiyalarini jalb yetish hisobiga barpo yetiladigan ushbu korxona uchun «Namangan» yerkin iqtisodiy zonasi hududidan 17,78 gektar yer maydoni ajratildi.

2023 yilda to‘la ishga tushishi rejalashtirilayotgan korxonaning birinchi qismi 2020 yilning avgust oyida dastlabki mahsulotni berishga boshlaydi. Yangi korxonada 300 dan ziyod ish o‘rni yaratiladi. Ishlab chiqariladigan mahsulotlar to‘laligicha eksportga yo‘naltiriladi.