5 dekabr kuni soat 16:38da Toshkentning Olmazor tumani Zarqaynar 14 berk ko‘chasida joylashgan Islom sivilizatsiyasi markazining yangi qurilayotgan binosida yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan, deya xabar qildi O‘zbekiston Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati matbuot xizmati.

Foto: DYOXX.

Xabar asosida voqea joyiga 10 ta asosiy yong‘in o‘chirish avtoekipajlari hamda 6 ta maxsus va yordamchi yong‘in o‘chirish texnikalari jalb etilgan. Birinchi bo‘linmalar chaqirilgan manzilga soat 16:44 yetib borgan va 16:54 da yong‘in qurshab olinib, soat 17:06 da to‘liq bartaraf etilgan.

Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar qayd etilmagan. Yong‘in oqibatida qurilayotgan bino yerto‘lasida joylashgan ta’mirlash uchun olib kelingan teploizolyatsiya (penoplast) qurilish materiallari 150 kv.metr maydonda yongan. Yong‘inning kelib chiqish sabab va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Video

YouTube orqali ko‘rish