London-Toshkent HY-202 reysi tuman sababli Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportga qo‘na olmadi. Havo kemasi komandiri Navoiydagi zaxira aeroportga majburiy qo‘nishni amalga oshirishga majbur bo‘ldi, deya xabar qildi Uzbekistan Airways aviakompaniyasi matbuot xizmati.

Tuman va ko‘rish qiyinligi sababli Uzbekistan Airways aviakompaniyasining bir qancha reyslari bir oz ushlanib aeroportda qolib ketmoqda, — deya qayd etdi matbuot xizmati.

HY-423 Toshkent-Dehli, HY-533 Toshkent-Bangkok reyslari ob-havo sharoitlari yaxshilanganiga qadar kechiktirildi.