O‘zbekistonda 2020 yil 1 yanvardan boshlab prezident va hukumat hujjatlari asosida tuzilgan alohida idoralararo kollegial organlar tugatilmoqda. Ularning ayrim vakolatlari tegishli davlat organlari va tashkilotlariga o‘tkaziladi.
Bu O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 9 dekabrdagi «Byurokratik to‘siqlarni yanada qisqartirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorida ko‘zda tutilgan.
T/r | Idoralararo kollegial organning nomi | Idoralararo kollegial organ tuzilishi uchun asos bo‘lgan normativ-huquqiy hujjat | Tugatilayotgan organ funksiyalarini amalga oshiruvchi sub’ekt (vakolatiga oid qismi bo‘yicha) |
I.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari bilan faoliyati belgilangan idoralararo kollegial organlar | |||
1. | To‘qimachilik sanoati korxonalari uchun investorlar va investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilar tanlash bo‘yicha hukumat komissiyasi | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-330-son qarori | O‘tkazilmaydi |
2. | Chet tillarni o‘rganishni yanada rivojlantirish bo‘yicha doimiy ishlaydigan Muvofiqlashtiruvchi kengash | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi PQ-1875-son qarori | O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi |
3. | Toshkent xalqaro aeroporti infratuzilmasi faoliyati samaradorligini yanada oshirish hamda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini tubdan yaxshilash bo‘yicha Maxsus komissiya | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil PQ-2950-son qarori | O‘tkazilmaydi |
4. | O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish dasturi bajarilishini muvofiqlashtiruvchi respublika komissiyasi | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil | O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tartiya va sport vazirligi |
5. | Toshkent viloyatidagi avval xususiylashtirilgan qurilishi tugallanmagan ob’ektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarini aniqlash va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish bo‘yicha respublika komissiyasi | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 iyuldagi «Toshkent viloyatining ma’muriy-hududiy tuzilishini hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-3142-son qarori | O‘tkazilmaydi |
6. | Davlat moliyaviy nazoratini takomillashtirish bo‘yicha Idoralararo kengash | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 avgustdagi «Ta’lim va tibbiyot muassasalarini moliyalashtirish mexanizmini hamda davlat moliyaviy nazorati tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida"gi PQ-3231-son qarori | O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Hisob palatasi |
7. | Dastur parametrlarini bajarishni ta’minlash yuzasidan mahalliy davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, ijroiya hokimiyat organlarining faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika ishchi guruhi | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 sentyabrdagi «Navoiy viloyatining Tomdi, Uchquduq, Konimex, Nurota tumanlari va Zarafshon shahrini kompleks rivojlantirish hamda aholisi bandligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-3301-son qarori | O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi |
8. | Bojxona tartib-taomillari va eksport-import operatsiyalarini takomillashtirish bo‘yicha ishchi guruh | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil | O‘tkazilmaydi |
9. | Respublikada yaratiladigan va ishlab chiqariladigan ustuvor dori vositalari va tibbiy buyumlar ro‘yxatini aniqlash bo‘yicha ishchi komissiya | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 fevraldagi «Farmatsevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-3532-son qarori | O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmavsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi |
10. | O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tasarrufidagi tashkilotlarni qayta tashkil qilish va asosiy vazifalari bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha Ishchi guruh | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 1 martdagi «O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi | O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi |
11. | Uyushma faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish va ularni amalga oshirishga ko‘maklashish bo‘yicha ishchi guruh | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil | Limon yetishtiruvchilar |
12 | «Buxoro-agro» EIZ hududida zamonaviy issiqxona xo‘jaliklarini tashkil etishga doir tadbirlarni muvofiqlashtirish va amalga oshirishga ko‘maklashish bo‘yicha komissiya | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 10 iyuldagi ««Buxoro-agro» erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi | O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi |
13 | O‘zbekiston Respublikasi aholisiga ixtisoslashtirilgan nefrologik va gemodializ tibbiy yordam ko‘rsatish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturi ijrosining borishini monitoring qilish bo‘yicha ishchi komissiya | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 iyuldagi «O‘zbekiston Respublikasi aholisiga nefrologiya va gemodializ yordami ko‘rsatish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi | O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi |
II.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hujjatlari bilan | |||
14 | Til o‘rgatish Jumhuriyat Kengashi | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1991 yil 29 iyuldagi | O‘tkazilmaydi |
15. | Tibbiyot texnikasi bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 6 noyabrdagi «Tibbiyot texnikasi ishlab chiqarishni boshqarishni tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risida"gi | O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi |
16. | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xuzuridagi Avtomobil yo‘llari kengashi | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 26 iyuldagi «Respublika komissiyalari va kengashlari tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida"gi 358-son qarori | O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi |
17. | Qishloq axoli punktlarini ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta’minlash dasturini amalga oshirish bo‘yicha Respublika komissiyasi | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 26 iyuldagi «Respublika komissiyalari va kengashlari tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida"gi 358-son qarori | O‘tkazilmaydi |
18. | O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Irrigatsiya va drenaj milliy qo‘mitasi | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 12 dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Irrigatsiya va drenaj milliy qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida"gi | O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi |
19. | Favkulodda vaziyatlarni prognozlash va oldini olish bo‘yicha davlat dasturining bajarilishini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 3 apreldagi «Favqulodda holatlarni prognoz qilish va oldini olish bo‘yicha davlat dasturini tasdiqlash haqida"gi 71-son qarori | O‘zbekiston Respublikasi Favkulodda vaziyatlar vazirligi |
20. | O‘zbekiston milliy avtomagistrali bo‘ylab yo‘l infratuzilmasi va servisi ob’ektlarining joylashtirilishini ko‘rib chiqish va kelishish bo‘yicha Komissiyasi | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 22 oktyabrdagi «O‘zbekiston milliy avtomagistrali bo‘ylab yo‘l infratuzilmasi va servisini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi | O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi |
21. | Toshkent shaxrida transport infratuzilmasini qurish va rekonstruksiya qilish bilan bog‘liq kompleks chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish komissiyasi | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 26 yanvardagi «Toshkent shahrida transport infratuzilmasi ob’ektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 20-son qarori | O‘tkazilmaydi |
22. | Maxalliy noziq-ovqat iste’mol tovarlari ko‘rgazmalari va yarmarkalari tashkiliy ko‘mitasi | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 30 dekabrdagi «Mahalliy nooziq-ovqat iste’mol tovarlari yarmarka savdosini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi | O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi |
23. | «Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish» loyihasini amalga oshirish bo‘yicha idoralararo muvofiqlashtiruvchi kengash | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 12 iyundagi «Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida «Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish» loyihasini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 168-son qarori | O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi |
24. | Tomchilatib sug‘orish tizimini va suvni tejaydigan boshqa sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha Idoralararo muvofiqlashtiruvchi komissiya | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 21 iyundagi «Tomchilatib sug‘orish tizimini va suvni tejaydigan boshqa sug‘orish texnologiyalarini joriy etish va moliyalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi | O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi |
25. | Bir qator tadbirlar amalga oshirilishini shartsiz ko‘llab-ko‘vvatlashni taxlil qilish, muvofiqlashtirish va nazorat qilish bo‘yicha doimiy ishlaydigan idoralararo komissiya | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 6 noyabrdagi «Respublikaning issiqlik va suv ta’minoti tashkilotlarini moliyaviy sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi | O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi |
26. | Ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati sohasidagi dasturlarni amalga oshirishni muvofiqlashtirish bo‘yicha Maxsus respublika komissiyasi | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 3 fevraldagi «Aholi punktlarida davlat kapital qo‘yilmalari hisobiga ichimlik suv ta’minotini va oqova suv xizmatini yaxshilash bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish samaradorligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 19-son qarori | O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi |
27. | Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni tubdan jadallashtirish, tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirishning yangi yondashuvlari va metodlarini sinab ko‘rish, yuqori darajali biznes muhitini shakllantirish hamda ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga doir kompleks chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish bo‘yicha Ishchi guruhi | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 31 maydagi «Jizzax viloyatida ishlab chiqarish tarmoqlarini rivojlantirishni tubdan jadallashtirish, tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirishning yangi yondashuvlari va metodlarini sinab ko‘rishga doir kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 332-son qarori | O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq ko‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Jizzax viloyati hokimiyati |
28. | O‘quv-ishlab chiqarish majmualari faoliyatini tashkil etishni muvofiqlashtiruvchi kengash | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 24 oktyabrdagi «Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining | O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
29. | Buxoro, Samarqand, Xiva va Shahrisabz shaharlarida xavfsiz turizmni ta’minlash konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha komissiya | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 23 noyabrdagi «Buxoro, Samarqand, Xiva va Shahrisabz shaharlarida xavfsiz turizmni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 939-son qarori | O‘zbekiston respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi |
Bekor qilish va funksiyalarni boshqa idoralarga o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy ishlarni amalga oshirish uchun 2020 yil 1 martga qadar muddat berildi.