O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9 dekabr kuni «Byurokratik to‘siqlarni yanada qisqartirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi.
Qarorga muvofiq, 2020 yil 1 yanvarrdan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan fuqarolardan talab qilinishi, shuningdek fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan berilishiga yo‘l qo‘yilmaydigan 28 turdagi hujjatlar ro‘yxati tasdiqlandi:
- Yashash joyidan ma’lumotnoma;
- Ariza beruvchi yashash joyi bo‘yicha bir o‘zi yashashi (ro‘yxatdan o‘tkazilganligi) to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
- Doim va vaqtincha ruyxatdan o‘tkazilgan istiqomat qiluvchilar soni to‘g‘risida ma’lumotnoma;
- Yashayotgan muddati ko‘rsatilgan doimiy istiqomat joyidan ma’lumotnoma;
- Yashovchilar sonini tasdiqlaydigan ma’lumotnoma;
- Turar joyda yashayotgan shaxslar ko‘rsatilgan holda yashash joyidan ma’lumotnoma;
- Ariza beruvchi yashash joyi bo‘yicha bir o‘zi yashashi (ro‘yxatdan o‘tkazilganligi) to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
- Fuqaroning yolg‘iz yashayotganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma;
- Oila a’zolarining pensioner bilan u vafot etgan kunigacha birgalikda yashab turganligi holatini tasdiqlovchi ma’lumotnoma;
- 80 yoshga to‘lgan, o‘zganing parvarishiga muhtoj bo‘lgan keksa yoshdagi odamga parvarish qilgan vaqtini tasdiqlovchi ma’lumotnoma;
- Qaramog‘ida mehnatga layoqatsiz oila a’zolari borligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma;
- Vafot etgan boquvchining qaramog‘idagi oila a’zolari tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
- Vafot etgan xodim bilan qarindoshligi darajasini tasdiqlovchi ma’lumotnoma;
- Shaxsiy tomorqa xo‘jaliklarida ishlovchi fuqarolarni band bo‘lganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma;
- Shaxs haqqiqatdan ham nogironni parvarish qilayotganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma;
- Ishsizligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
- Vafot etgan boquvchining ota-onalari, turmush o‘rtog‘i, buvasi, buvisi, akasi (ukasi) yoki opasi (singlisi) vafot etgan boquvchining bolalari, aka-ukalari, opa-singillari yoki nabiralariga, ishlovchilarga bolaga qarash uchun ish haqi saqlanmagan ta’tilda bo‘lish huquqini beradigan yoshga to‘lgunga qadar boqish bilan band bo‘lganligini va ishlamaganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma
- Vafot etganning ota-onalari, turmush o‘rtog‘i yoki oilaning boshqa a’zosi vafot etganning uch yoshga to‘lmagan bolalari, aka-ukalari, opa-singillari yoki nabiralariga qarash bilan band bo‘lganligini va ishlamaganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma
- Marhumning xodim bilan qarindoshligi darajasini tasdiqlovchi ma’lumotnoma;
- Tug‘ilganlik haqida takroriy guvohnomalarni olish uchun voyaga yetmagan shaxsning yoki pasport olmagan shaxsning shaxsning fotosurati yopishtirilgan ma’lumotnoma;
- Vasiylikka olinganlarni ta’minlash va ularni zarur darajada parvarishlash bo‘yicha qarindoshlarining bunga qodirligini tasdiqlash uchun ma’lumotnoma;
- Vasiy yoki xomiy bo‘lish istagini bildirgan ishlamaydigan shaxslar uchun ma’lumotnoma;
- Shaxsiy yordamchi xo‘jaligida qoramol mavjudligi yoki qishloq xo‘jalik mahsulotlarining boshqa turlarini (o‘simlikshunoslik, chorvachilik, baliqchilik mahsulotlari) yetishtirish bilan bandligi to‘g‘risida ma’lumotnoma
- O‘zi tayyorlagan tovarlarni chakana sotuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun ishlab chiqarish sharoitlari mavjudligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma;
- Alohida xonada yashashi kerak bo‘lgan (sil, teri-tanosil kasalliklarining og‘ir ko‘rinishi, qandli diabetning yiringli yallig‘lanishi, psoriaz) bemor ayollar to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
- Kam ta’minlangan oilada yolg‘iz o‘zi ikki va undan ortiq voyaga yetmagan farzandlarni tarbiyalayotgan ayollar to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
- Jazoni o‘tash joylaridan ozod qilingan, shuningdek, ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazoga hukm qilingan shaxslar tavsiflari bilan ma’lumotnoma;
- Dafnni o‘tkazganlik holati tasdiqlash uchun ma’lumotnoma.
Avval xabar qilganimizdek, 2021 yil 1 yanvardan boshlab davlat organlari va tashkilotlari, ularning tarkibiy bo‘linmalari o‘rtasida hujjat aylanishi va hisobotlarni yuritish faqat elektron ko‘rinishda shakllantiriladi va amalga oshiriladi.
Hujjat Adliya vazirligi tavsiyalari asosida ishlab chiqilgan.