O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17 yanvar kuni O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati a’zolarini tayinlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Konstitutsiya va qonunchilikka ko‘ra, Oliy Majlisi Senatining o‘n olti nafar a’zosi fan, san’at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bo‘lgan hamda alohida xizmat ko‘rsatgan eng obro‘li fuqarolar orasidan prezident tomonidan tayinlanadi. Prezident o‘z farmoni bilan 13 nafar senatorni tayinladi, qolgan 3 senatorning kimligi hozircha ma’lum emas. Avvalroq esa Toshkent, Qoraqalpog‘iston va 12 ta viloyatdan 84 nafar senator saylangan edi.
Prezident tomonidan tayinlangan senatorlar ro‘yxati
Ayupov Shavkat Abdullayevich — O‘zbekiston Fanlar akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti direktori
Basitxanova Elmira Irkinovna — O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi
Rafiqov Kudratulla Mirsagatovich — O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi
Raxmankulov Mir-Akbar Xodji-Akbarovich — O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktorining birinchi o‘rinbosari
Saidov Sirojiddin Saloxovich — O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi
Sayfullayev Baxtiyor — O‘zbekiston madaniyat vaziri — O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori
Sanakulov Kuvandik — «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» davlat korxonasi bosh direktori
Safoyev Sodiq Solixovich — O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari
Sa’dullayev Alisher Zafar o‘g‘li — O‘zbekiston prezidentining yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisi
Turdiyev Sodiqjon — O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash «Nuroniy» jamg‘armasi boshqaruvi raisi
Xodjimatov Minxajidin Mirzajanovich — Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari
Xudaybergenov Tursinxan Aydarovich — O‘zbekiston prezidenti maslahatchisi
Yuldashev Bexzod Sadikovich — O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti.
Yuqorida ism-shariflari qora qilib keltirilganlar avval ham prezident tomonidan senatorlikka tayinlangan.
Avval prezident tomonidan senatorlikka tayinlangan Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari — xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Gavxar Zayirovna Alimova va Senat raisi Tanzila Kamalovna Narbayeva, mos ravishda Samarqand viloyati va Toshkentdan senator etib saylandilar.