Bugun Toshkentda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi.
Unda bosh vazir lavozimiga nomzod Abdulla Aripov hukumatning yaqin muddatga va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan harakatlar dasturini taqdim etdi.
“Ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini amalga oshirish, importni qisqartirish va eksportni kengaytirish masalalari ham asosiy e’tiborimizda bo‘ladi.
Bu yo‘nalishda 2020−2021-yillarda 3 ming 937 ta mahalliylashtirish loyihalari amalga oshiriladi va 5,7 mlrd dollarga teng import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqariladi.
Eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish va eksportyor korxonalarimizni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarimiz natijasida 2020 yilda 20,2 mlrd dollarga teng mahsulot va xizmatlar eksport qilinadi va 13 foizga o‘sish ta’minlanadi", — dedi Abdulla Aripov.