AQSHning Toshkentdagi elchixonasi Tvitterda bloger Nafosat Ollashukurova O‘zbekistonni mustaqil ravishda tark etganini ma’lum qildi. Avvalroq u bu borada yordam bergani uchun elchixonaga minnatdorchilik bildirgan edi.

«AQSH elchixonasi ketishidan oldin u bilan uchrashish baxtiga muyassar bo‘ldi va u uning ishini diqqat bilan kuzatishda davom etadi», deyiladi diplomatik vakolatxona xabarida.

«Amerika Qo‘shma Shtatlari so‘z erkinligi har qanday jamiyatning gullab-yashnashi uchun zarur shart ekanini qat’iy qo‘llab-quvvatlaydi. Prezident Mirziyoyevning ta’kidlashicha, tanqidiy OAV hukumat ustidan jamoatchilik nazorati va uning islohot dasturilarining muvaffaqiyatli amalga oshirilishi uchun zarurdir. Jurnalistlar o‘z faoliyatlarini erkin bajarishlari hamda tahdid va tazyiqlarga duchor bo‘lmasliklari kerak», — deyiladi elchixona bayonotida.

Nafosat Ollashukurova o‘tgan yilning oxirgi uch oyini Xorazm viloyat ruhiy kasalliklar shifoxonasida majburiy tartibda o‘tkazgan edi. Toshkentga qaytib kelgach, tazyiqlar davom etayotgani ma’lum qilgan, keyinroq esa shu sababli mamlakatdan chiqib ketishga majbur bo‘lganini aytgan edi.