O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi 2019 yilgi paxta yig‘im-terim mavsumida majburiy mehnatga yo‘l qo‘ygani sababli ma’muriy jarimaga tortilgan mansabdor shaxslar ro‘yxatini e’lon qildi.
Ro‘yxatdan jami 43 nafar mansabdor shaxslar o‘rin olgan bo‘lib, ularning ikki nafari tuman hokimi, besh nafari tuman hokimi o‘rinbosari, 15 nafari hududiy bank filiallari boshqaruvchilaridir.
Avvalroq, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Cotton Campaign xalqaro koalitsiyasining O‘zbekistonga tashrifi arafasida 2019 yilda O‘zbekistonda paxta yig‘im-terimi mavsumida majburiy mehnatga jalb qilish holatlariga yo‘l qo‘ygan aybdorlar, ayniqsa mansabdor shaxslarga qat’iy jazo choralari ko‘rilganini ma’lum qilgan edi.
Xususan, 3 nafar tuman hokimi, 15 nafar tuman hokimi o‘rinbosari, shuningdek, respublikaning barcha hududlarda tuman moliya, byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi, irrigatsiya, tibbiyot, kadastr bo‘limlari, bank idoralari, Suvoqava DUK, Obodonlashtirish boshqarmalari, «Yoshlar ittifoqi» Kengashi, fermer xo‘jaliklari rahbarlari bor. Bundan tashqari yo‘l qo‘ygan kamchiliklari sabab 2 nafar tuman hokimi egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.