Yevropa parlamenti ko‘pchilik ovoz bilan Britaniyaning Yevropa Ittifoqi tarkibidan chiqishi (Brexit) haqidagi bitimni ma’qulladi, deya xabar berdi Euronews.

Hujjat bo‘yicha yakuniy ovoz berish 29 yanvar kuni Bryusseldagi yalpi majlisda bo‘lib o‘tdi. Bitimni 621 deputat qo‘llab-quvvatladi, 49 kishi qarshi chiqdi, yana 13 deputat betaraf qoldi.

Yevropa Ittifoqi Kengashi endilikda uni ratifikatsiya qilish jarayonini yakuniga yetishi uchun rasman tasdiqlashi kerak.

Buyuk Britaniyaning YeIdan chiqishi 31 yanvar kuniga rejalashtirilgan, ammo o‘tish davri 2020 yil oxiriga qadar davom etadi, bu davrda tomonlar kelajakdagi sheriklik bo‘yicha muzokaralarni davom ettiradilar.

Yanvar oyi boshida Buyuk Britaniya Vakillar palatasi Yevropa Ittifoqidan chiqish to‘g‘risida kelishuvni ma’qullagan edi. Brexit, shuningdek, qirolicha Yelizaveta II tomonidan ham imzolangan.