Jizzax viloyatining Do‘stlik tumanida yangi tug‘ilgan egizak chaqaloqlar o‘lik holda topildi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar qildi.

Ushbu tumanda istiqomat qiluvchi fuqaro ichki ishlar organlariga Oqoltin ostonasi ko‘rki" fermer xo‘jaligi hududidagi beton ariq yonida sumka ichida qora rangli politielen paketga solingan o‘g‘il bola jinsiga mansub egizak chaqaloqlarni o‘lik holda topib olganini xabar qiladi.

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, chaqaloqlar 20−21 haftalik (odatiy homiladorlik davri 37 hafta davom etadi) kam vaznli bo‘lib tug‘ilgan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida chaqaloqlarni Manas qishloq fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi turmushga chiqmagan 1998 yilda tug‘ilgan X.G. tug‘ib, tashlab ketgani aniqlandi.

Surishtiruv olib borilmoqda.