19 mart kunidan boshlab Toshkent hayvonot bog‘i koronavirus sababli vaqtinchalik o‘z eshiklarini yopadi. Bu xaqda hayvonot bog‘ining rasmiy veb-saytida e’lon qilindi.
«Tashrif buyuruvchilarimizni ehtiyot qilish uchun bu qarorga keldik. Jonivorlar ahvolidan esa xavotirga o‘rin yo‘q. Zoologlar va mutaxassislar o‘z ishlarini davom ettirishadi», — deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, Toshkent hayvonot bog‘i yonida joylashgan Botanika bog‘i o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.