Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida transport vositalari harakati vaqtincha cheklandi va dam olish maskanlarida dezinfeksiyalash ishlari boshlangan. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar bergan.

Shu munosabat bilan, Toshkent viloyati IIBB YHXB barcha fuqarolardan, maxsus profilaktik tadbirlar tugaguniga qadar, Bo‘stonliq tumaniga bormasliklarini so‘ragan.

Bo‘stonliq tumani hududida harakatlanishga faqatgina shu joyda ro‘yxatda turuvchi mahalliy aholiga ruxsat etiladi.