Toshkent va O‘zbekistonning bir qator hududlarida 26 mart kuni 9:44 da zilzila qayd etildi. Uning o‘chog‘i Tojikistonda, O‘zbekiston chegarasiga yaqin nuqtada joylashgan.
FVV Respublika seysmoprogonostik monitoring markazi ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila magnitudasi epitsentrda 5,4 ni, chuqurlik — 10 km ni tashkil etdi.
O‘zbekiston hududida zilzilaning kuchi:
- Toshkent: 4 ball.
- Namangan: 103 km, 4 ball.
- Andijon: 155 km, 3 ball.
- Farg‘ona: 115 km, 4 ball.
- Guliston: 147 km, 4 ball.
- Jizzax: 235 km, 3 ball.
- Samarqand: 324 km, 2 ball.
- Buxoro: 526 km, 2 ball.
- Termiz: 480 km, 2 ball.
- Qarshi: 453 km, 2 ball.
- Navoiy: 440 km, 2 ball.