30 mart kuni soat 21:20 larda Farg‘ona shahar Uzun yo‘l ko‘chasida 24 yoshli M. M. boshqaruvidagi Cobalt avtomobili va piyoda ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV YHXBB matbuot xizmati xabar qildi.
Xabarda keltirilishicha, M.M. transport vositasini tezlikni me’yoridan oshirgan holda boshqarib ketayotib, yo‘lning belgilanmagan joyidan o‘tayotgan piyoda B.U.ni urib yuborgan.
Natijada, piyoda B.U. olgan tan jarohatlari og‘irligi sababli shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtda yo‘lda vafot etgan.