7 aprel kuni Forbes jurnali dunyo bo‘ylab 2020 yilning eng boy insonlarini e’lon qildi.
Ma’lumotga ko‘ra, birinchi o‘rinni uchinchi yil ketma-ket Amazon asoschisi Jeff Bezos egallab kelmoqda. Uning boyligi 113 milliard dollarga baholanmoqda (yil davomida uning boyligi 18 milliard dollarga kamaygan).
Ikkinchi o‘rinda Microsoft asoschisi Bill Geyts (98 milliard dollar). Yil davomida uning boyligi 1,5 milliard dollarga oshdi.
«Louis Vuitton Moët Hennessy» prezidenti Bernard Arno 76 milliard dollar bilan uchinchi o‘ringa ko‘tarildi. Berkshire Hathaway bosh direktori Uorren Baffet esa to‘rtinchi o‘ringa tushib ketdi. Uning boyligi 2019 yilga nisbatan 15 milliard dollarga kamayib umumiy hajmda 67,5 milliard dollarni tashkil etmoqda.
O‘tgan yilgi reyting bilan taqqoslaganda, boshqa o‘zgarishlar ham ro‘y berdi.
Xususan, kuchli o‘nlikdan Grupo Carso rahbari Karlos Slim, Bloomberg LP rahbari Maykl Blumberg va Google asoschilaridan biri Larri Peyj joy olishmadi. Ular o‘rniga Walmart chakana savdosining asoschilari bo‘lgan Uolton oilasining uchta vakili kirishdi.
Umuman olganda, birinchi o‘ntalik quyidagicha (milliard AQSH dollarida):
Ismi | Yoshi | Kompaniya | Davlat | Boyligi | O‘tgan yilga nisbatan o‘zgarish |
Jeff Bezos | 56 | Amazon | AQSH | 113 | -18 |
Bill Geyts | 64 | Microsoft | AQSH | 98 | +1,5 |
Bernar Arno | 71 | LVMH | Fransiya | 76 | - |
Uorren Baffet | 89 | Berkshire Hathaway | AQSH | 67,5 | -15 |
Larri Ellison | 75 | Oracle | AQSH | 59 | -3,5 |
Amansio Ortego | 84 | Zara | Ispaniya | 55,1 | -7,6 |
Mark Sukerberg | 35 | Facebook | AQSH | 54,7 | -7,6 |
Djim Uolton | 71 | Walmart | AQSH | 54,6 | +10 |
Elis Uolton | 71 | Walmart | AQSH | 54,4 | +10 |
Rob Uolton | 76 | Walmart | AQSH | 54,1 | +9,8 |