Forbes 2020 yilning eng badavlat shaxslarini e’lon qildi. Ro‘yxatga 241 nafar ayol kirgan.
Eng yosh badavlat insonlar ro‘yxatida ayollar yetakchilik qilmoqda. 22 yoshli model Kayli Jenner eng yosh milliarderga aylangan. Uning boyligi 1,1 mlrd dollarga teng.
Ayol-milliarderlar orasida birinchi o‘rinda Elis Uolton — Walmart asoschisi Sem Uoltonning yagona qizi. Uning boyligi o‘tgan yilgiga nisbatan 10 mlrd dollarga oshib, 54,4 mlrd dollarga yetgan.
Koronavirus pandemiyasi sababli ro‘yxatdagi ayollarning yarmidan ko‘pining daromadalari kamaygan. Germaniyaning eng boy ayoli Syuzanna Klatten BMW aksiyalarining narxi tushib ketganligi bois bir yil ichida 4 mlrd dollar yo‘qotdi.
Lekin pandemiya sababli ba’zi bozorlar daromadlar oshdi, bunga farmatsevtika sohasi yaqqol misol bo‘ladi. Xitoyning Hansoh Pharmaceutical farmatsevtika kompaniyasi raisi Chjun Xueyszyuanning kapitali 14,6 mlrd dollarga yetdi. Iyun oyidan boshlab ushbu kompaniyalarining aksiyalari 25%ga oshgan.
Eng boy 10 nafar ayolning ro‘yxati quyidagicha:
Ismi | Yoshi | Daromad manbasi | Fuqaroligi | Boyligi (mlrd dollarda) |
Ellis Uolton | 71 | Walmart | AQSH | 54,4 |
Fransuaza Bettankur-Meyer | 66 | L’Oreal | Fransiya | 48,9 |
Juliya Kox | 57 | Koch Industries | AQSH | 38,2 |
Makkenzi Bezos | 50 | Amazon.com | AQSH | 36 |
Jaklin Mars | 80 | Mars Inc. | AQSH | 24,7 |
Yan Xueyyan | 38 | Country Garden Holdings | Xitoy | 20,3 |
Syuzanna Klatten | 57 | BMW, farmatsevtika | Germaniya | 16,8 |
Loren Pauell Djobs | 56 | Apple, Disney | AQSH | 16,4 |
Chjun Xueyszyuan | 59 | Hansoh Pharmaceutical | Xitoy | 14,6 |
Jina Raynxart | 66 | Hancock Prospecting | Avstraliya | 13,1 |