10 aprel soat 22:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 641 nafarni tashkil qilmoqda, deya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Eslatib o‘tamiz, 10 aprel soat 10:00 holatida 42 kishida COVID-19 infeksiyasi aniqlanib, jami tasdiqlangan holatlar 624 taga yetgan edi.

Shu bilan birgalikda, bugun Namangan viloyatida to‘rt nafar bemor koronavirusdan butunlay sog‘ayib, reabilitatsiyaga olindi. Jami tuzalganlar soni 42 nafarga yetdi.