9 aprel kuni Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson intensiv terapiya bo‘limini tark etdi va hozirda u kasalxonada shifokorlarning nazoratiga olingan. Bu haqda Dauning strit qarorgohi matbuot xizmati xabar berdi.

«U juda yaxshi ruhiy holatda», — deya ta’kidlanadi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 27 mart kuni bosh vazir Boris Jonsonda COVID-19 koronovirus infeksiyasi aniqlangan edi. Shundan so‘ng, u shifokorining tavsiyasi bilan «ehtiyot chorasi» sifatida kasalxonaga yotqizildi. 7 aprel kuni Boris Jonson salomatligi og‘irlashganligi bois intensiv terapiya bo‘limiga o‘tkazildi. Hozirda bsh vazir vazifalarini vaqtincha tashqi ishlar vaziri Dominik Raab bajarib turmoqda.