12 aprel kuni taxminan 7:00 da Kattaqo‘rg‘onda (Samarqand viloyati) ikki qavatli uylardan birida gz portlashi sodir bo‘ldi, deya xabar qildi O‘zbekiston FVV matbuot xizmati.
Binoning qisman qulab tushishi oqibatida uch kishi hayotdan ko‘z yumdi, yana to‘rt kishi turli darajada tan jarohati oldi.
Foto: FVV matbuot xizmati.
Dastlabki taxminlarga ko‘ra, portlashga ikki qavatli uyning birinchi qavatidagi kvartirada gaz sizib chiqishi sabab bo‘lgan.