13 aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 896 nafarni tashkil qilmoqda, deya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Eslatib o‘tamiz, 12 aprel yakuniga jami tasdiqlangan holatlar 865 taga yetgan edi.

Bundan tashqari, 12 aprel kuni 24 nafar bemor to‘liq sog‘ayib, ushbu kasallikdan tuzalganlar soni 66 nafarga yetdi.