2020 yil 14 aprel soat 15:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1113 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.
Avvalroq COVID-19 koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 56 nafarga oshib, jami 1054 nafarga yetgani xabar qilingan edi.
Bunda bemorlarning 99 nafari to‘liq sog‘aydi, 4 nafar bemor vafot etdi. Shunday qilib, hozirda tibbiyot muassasalarida jami 1010 nafar bemor davolanmoqda.