14 aprel kuni 12:40 da Toshkentning Olmazor tumanida Nurafshon-Farobiy ko‘chalari chorrahasida Ford rusumli tez tibbiy yordam mashinasi va Epica avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

IIV YHXBB matbuot xizmatining xabar qilishicha, Ford chaqiruv bo‘yicha mayoqchalari yoqilgan holatda svetoforning qizil chirog‘ida o‘tayotgan vaqtda yashil chiroqdan o‘tayotgan Epica bilan to‘qnashgan.

YTH natijasida Epica haydovchisi va yo‘lovchisi hamda tez yordam mashinasi haydovchisi va ikki yo‘lovchisi jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan.

SSV matbuot xizmatining xabar berishicha, jarohatlanganlardan biri ko‘chma brigada shifokori, 32 yoshli U.U.ning ahvoli qoniqarli bo‘lganligi sababli uyiga javob berilgan. Tezkorbrigada feldsheri, 20 yoshli O.O., tez yordam avtomashinasi haydovchisi, 55 yoshli I.G. hamda «Epica» rusumdagi avtomashina haydovchisi va yo‘lovchisi: 46 yoshli N.S. va 20 yoshli M.A. lar esa markazning neyrojarrohlik bo‘limiga yotqizilgan. Ayni paytda ularning ahvoli o‘rtacha og‘irlikda.

Mazkur to‘qnashuv yuzasidan hozirgi vaqtda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.