16:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1390 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

Ushbu bemorlarning 140 nafari infeksiyadan butunlay sog‘aygan bo‘lsa, 4 nafari vafot etgan. Shunday qilib, hozirda O‘zbekiston hududlari bo‘ylab jami 1246 nafar bemor davolanmoqda.

Bundan avvalroq COVID-19 bemorlarining davolanish joyi bo‘yicha statistikasi e’lon qilingan edi.